O‘zbekiston klublari tarixidan – "Metallurg”

  • 29 dekabr, 2018, 12:55
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992 yildan boshlab jamoa mamlakat Birinchi ligasida ishtirok eta boshlagan. 1997 yili esa musobaqa yakunlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab, Oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Ushbu yildan boshlab elitada qatnashib kelmoqda.

metallurg retro

2002 yili jamoa beshinchi o‘rinni egallagan. Bu natija klub erishgan eng yuqori natija hisoblanadi. Yangicha formatda o‘tkazilgan Superliga-2018 yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinni egallagan “Metallurg”, o‘z rekordini takrorladi.

metallurg win2

Klubga asos solingan yildan boshlab, klub nomi bir necha marta o‘zgargan:

1945-1969 – “Bekobod”

1969-1992 – “Tsementchi”

1992-1998 – “Ma’danchi”

1998 dan hozirgi kungacha – “Metallurg”

Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar: Andrey Miklyaev, Murod Aliev, Vyacheslav Ponomoryov, Oleg Belyakov, Ulug‘bek Ro‘zimov, Aleksandr Mochinov, Sergey Lebedev, Aleksey Jdanov, Igor Volkov, Sergey Lushchan, Alisher To‘ychiev.

shipilov3

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar: Usmon Asqaraliev, Valeriy Lyotkin, Rustam Mirsodiqov, Eldor Sakaev, Shamil Tolipov , Andrey Shipilov.

Manba: O‘zPFL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!