O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi

  • 29 oktabr, 2018, 23:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Karima Yo‘ldosheva shogirdlari Guam, Maldiv orollari, BAA va Qirg‘iziston terma jamoalari bilan bir guruhda bahs olib borib, barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi hamma raqiblar darvozasiga jami 34ta gol kiritishdi.
 
Bugun futbolchi qizlarimiz Bishkek shahridan yurtimizga qaytib kelishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti"da terma jamoamiz a’zolarini O‘FA, PFL mutasaddilari, muxlislar guruhi, futbolchilarning yaqinlari va OAV xodimlari kutib olishdi.

Terma jamoamiz futbolchilar va bosh murabbiy Karima Yo‘ldosheva saralash davomida ularni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga, shuningdek, O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tishdi. Mana shunday muvaffaqiyatli yurishlarini kelasi musobaqalarda ham davom ettirishga va’da berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!