"Oltin to‘p"ni kim olishi ma’lum bo‘ldi. Da’vogarlar orasida Ronaldu ham bor

  • 29 noyabr, 2018, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Onda Cero radionstantsiyasining tarqatgan xabariga ko‘ra, 2018 yilgi “Oltin to‘p” mukofotini “Real” klubining xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich oladi.

Tecno

Taqdirlash marosimi 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va unda Modrich Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning 10 yil davomida ushbu mukofotga qilgan gegemonligiga barham beradi.

Bundan tashqari mukofotga da’vogarlar kuchli uchligidan Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann o‘rin oladi.

Eslatib o‘tamiz, Modrich bu yil “Real” bilan EChLda zafar quchli va Xorvatiya terma jamoasi bilan JCh-2018 finaliga qadar etib bordi hamda turnirning eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!