
Nike "Barselona"dan Koutinoning ko‘proq o‘ynashini talab qilmoqda
Nike kompaniyasi “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverdega bosim o‘tkazmoqda, deya xabar beradi Okdiario nashri. Manbada yozilishicha, sport ekipirovkalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot Filippe Koutinoning katalon klubida imkon boricha ko‘proq o‘yin o‘tkazishini talab qilmoqda.
– Koutino ko‘rsatilgandek o‘yin namoyish etadi. Bu brendlar savoli. Nike “Barselona”ga homiylik qiladi va yiliga 100 million evro to‘laydi.
– Koutino Jerar Pike va Serxio Buskets bilan katalon klubida Nike kompaniyasining top-futbolchilaridir va homiylar ularning zaxirada o‘tirmay ko‘proq o‘ynashini istamoqda, – deydi Okdiario nashri muharriri Inda.
Braziliyalik futbolchi “Barselona”ga “Liverpul”ga 2018 yil yanvar oyida 135 million evro evaziga o‘tgan.
Fikrlar