
Nedved: Ronalduning xohishi ishimizni osonlashtirdi
“Yuventus” klubi vitse-prezidenti Pavel Nedved Krishtianu Ronalduning transferi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi yozda Madridning “Real” jamoasini tark etgan edi.
– Bunday xarid klub uchun oldinga bir qadam degani. Biz EChLda zafar quchishni istaymiz. Ronalduning transferini tovon puli 100 million evrogacha tushirilganda amalga oshirish mumkin.
– Yana qo‘shimchasiga Krishtianuning xohishi ham bor. Uning o‘zi “Real”dan ketishni istadi, – deydi Nedved.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozircha rasmiy o‘yinlarda gol urganicha yo‘q.
Fikrlar