"Napoli" – "Yuventus". Prevyu

  • 3 mart, 2019, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Neapol shahridagi "San-Paolo" stadionida Italiya A Seriyasining 26-tur markaziy bahsi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni mezbon “Napoli” musobaqa peshqadami “Yuventus”ni qabul qiladi.

Tecno

napoli1234

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Napoli” va “Yuventus” shu kungacha o‘zaro 152 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 70tasida turinliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 33 marta neapolliklar g‘alaba qozonishgan. Qolgan 49ta o‘yin esa durang bilan yakunlangan.

- “Yuventus” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv so‘nggi bor 1997 yilning 23 mart kuni 0:0 hisobi qayd etilgan. Shundan buyon ushbu jamoalar to‘qnashuvida muxlislar stadionni golsiz tark etishmayapti.

- Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriya doirasidan o‘rin olgan so‘nggi 26ta o‘yindan 23tasida g‘alaba qozonishgan.

- Karlo Anchelotti jamoasi esa qatorasiga 18ta o‘yindan buyon A Seriya uchrashuvlarida o‘z maydonida yutqazmayapti.

- “Napoli” ketma-ket 5ta o‘yindan buyon o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab kelmoqda.

yuve

Taxminiy tarkiblar:

"Napoli" – "Yuventus"

Stadion: "San-Paolo" (Neapol)

Boshlanish vaqti: 00:30

Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)

"Yuventus": Shesni – Kanselu, Bonuchchi, Kelini, Sandro – Bentankur, Pyanich, Matyuidi – Ronaldu, Dibala, Manjukich.

"Napoli": Meret – Malkyui, Maksimovich, Kulibali, Gulyam – Allan, Ruiz, Zelinski – Kalexon, Insine, Milik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nursultan Nizamov
03/03/2019 13:02
Bnjh