Mourino jamoadan ketadigan yagona futbolchi nomini aytdi

  • 30 yanvar, 2017, 09:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ni o‘tgan yili yozda qabul qilib olgan Joze Mourino tarkibni ostin-ustun qilib tashladi. Jamoada shu paytgacha etakchi rollarda bo‘lgan va kelajak uchun olib kelingan futbolchilarning aksariyati asosiy tarkibdagi joyidan ayrildi. Bu yilgi transfer mavsumidan boshlab ayrim futbolchilar jamoani tark eta boshladi.

Tecno
 

Joze Mourino endi jamoadan ketish kimning navbati ekanini oydinlashdir.

- "Manchester Yunayted"ni tark etadigan yagona futbolchi bu - Eshli Yang, - dedi Joze Mourino. - Men bu futbolchi bo‘yicha shu qaror ijrosini kutyapman. Albatta, men uning ketishidan xursand bo‘lmayman. Lekin Eshli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan yagona futbolchiyu. Men boshqa o‘yinchilardan foydalanishga qaror qildim.

Eshli Yang joriy mavsumda Angliya premer-ligasining to‘rtta uchrashuvida maydonga tushib, o‘zini ko‘rsatolgani yo‘q.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!