Morata roppa-rosa bir yildan so‘ng APLda qatorasiga 2ta o‘yinda gol urishga erishdi

  • 4 noyabr, 2018, 22:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi forvadi Alvaro Morata ayni damda APLning 11-turi doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Kristal Pelas”ga (3:1, ikkinchi bo‘lim) qarshi bahsda dubl qayd etdi.

Tecno

E’tiborlisi, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan tur ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgandi. Qizig‘i, Morata so‘nggi bor APLning ketma-ket 2ta o‘yinida roppa rosa bir yil muqaddam gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Bundan tashqari u shuningdek premer-ligadagi faoliyati davomida ikkinchi marta bir o‘yinda 2 va undan ko‘p gol urishga erishdi. U bundan avval o‘tgan yilning sentyabrida “Stok Siti”ga (4:0) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!