
"Monako" so‘nggi 50 yil ichidagi eng yomon startni qayd etdi
Xabaringiz bor kecha “Monako” Frantsiya chempionatining 12-turida “Reyms”ga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, monakoliklar mavsumning qatorasiga 14-o‘yinida ham g‘alaba nimaligini bilishmadi. Bu esa klub tarixida so‘ngg 50 yil ichidagi eng yomon start bo‘ldi.
Bu boradagi eng yomon natija 1968-1969 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “Monako” qatorasiga 16ta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” bu mavsum rasmiy uchrashuvlarda so‘nggi bor 11 avgust kuni Frantsiya chempionatining 1-turida “Nant” (3:1) ustidan g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar