
"Milan" Pentekning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
"Milan" yaqin vaqtlar ichida "Jenoa" forvardi Kshishtof Pentek bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli polshalik futbolchi “rossonerilar” safiga o‘tishga rozilik bildirgan. Milanliklar esa unga 5 yillik shartnoma va haftasiga 35 ming evro maosh va’da qilishgan.
Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum A Seriyada raqiblari darvozasiga 13ta gol urishga erishdi va u ayni damda musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldudan (14) so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar