Messi eng yaxshi argentinalik to‘purarga aylanib oldi

  • 3 sentabr, 2018, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Lionel Messi navbatdagi rekordini o‘rnatdi.

Tecno

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi o‘z hamyurtlari orasida barcha mamlakatlarning eng yuqori divizionida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. Aniqrog‘i, Messi bu borada boshqa bir argentinalik futbolchi Karlos Byankani ortda qoldirdi. "Veles Sarsfild", "Reyms", PSJ va "Strasbur" klublarida to‘p surgan ushbu futbolchi Argentina va Frantsiya chempionatlaridagi faoliyati davomida jami 395 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

Messi esa kecha “Ueska”ga (8:2) qarshi o‘yindagi qayd etgan dublidan so‘ng bu boradagi gollari sonini 397taga etkazib oldi va Byankadan o‘zib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!