
Matich Serbiya termasidagi faoliyati haqida aytib o‘tdi
Serbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nemanya Matich JCh-2018dan so‘ng termadagi faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Bir qancha vaqtga tanaffus olishni istayman. Joriy mavsumda 60 uchrashuv o‘tkazdim, bu esa, albatta, meni charchatdi. Agarda terma jamoaga foydam tegayotganini his etsam, faoliyatimni yakunlashga hech qanday to‘siq yo‘q. Agar buning aksini his etsam, faoliyatimni yakunlashga majbur bo‘laman, - deya Matichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Sportski jurnal" nashri.
Fikrlar