
Matich MYuga qanday futbolchilar kerakligini aytdi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich qanday futbolchilar jamoani kuchaytira olishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bizga hozir jamoaga sifat olib kira oladigan tajribali futbolchilar zarur. Faqat shundagina biz sovrinlar uchun kurasha olamiz, hususan Chempionlar ligasida ham. Lekin shunday bo‘lsada biz avvalgidan ko‘ra o‘sishga erishdik. Oldingi yillarda natijalar yomonroq edi. Bu safar esa biz faqatgina “Manchester Siti”dan ortda qoldik va ikkinchi bo‘ldik. Ular ajoyib futbol namoyish etishdi”, - deydi serbiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq mankuanliklar rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuga yozgi transferlar uchun 250 mln funt berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar