
Marrada kim birinchi?
Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda engil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan mamlakat chempionatida g‘oliblar nomi aniqlandi.
Engil atletikaning 60, 200, 400, 800, 1500, 3000 metr masofaga yugurish bahslarida Sunnat Ismoilov, Ulug‘bek Murtozoev, Murod Muhammadrasulov, Evgeniy Fadeev, Roman Shtukan, Liliya Manasipova, Komila Mirsolieva, Gulhayo Rahimova, Zulfizar Abdullaeva, Sabina Talachyova, Xusnida Ahmedova marra chizig‘ini birinchilarlan bo‘lib bosib o‘tdi. 60 metrga to‘siqlar osha yugirishda Anvar Safarov va Nataliya Asanova birinchi o‘rinni egalladi.
Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Nikita Loginov, Timur Rahmatullaev, Ruslan Qurbonov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xotin-qizlar o‘rtasida Irina Belova ikki bora shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, tajribali atletikachimiz Aleksandra Yurkevskaya oltin medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, beshkurash bahslarida Elezaveta Shus 2938 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. Ettikurashda Aziz Seytojiev 4216 ochko to‘plab mamlakat chempioniga aylandi. Yadro uloqtirishda Ruslan Qurbonov va Irina Belova yana bir bor oltin medalga sazovor bo‘ldi
Fikrlar