
Markos Alonso: "Chelsi"ni chempionlik uchun kurashdan chiqarishga hali erta
"Chelsi" chempionlik uchun kurashdan chiqdi deyishga hali juda erta. Agar biz "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lsak, oradagi farq 13 ochkoga etadi. Bu juda ko‘p va bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Biz ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz va jadvaldagi o‘rnimizga umuman e’tibor bermasligimiz kerak.
"Siti"ga qarshi o‘yin - kurashga qaytish uchun ajoyib imkoniyat. Aminmanki, bellashuv ajoyib o‘tadi. Biz yana yaxshi o‘yin ko‘rsatishni boshlashimiz kerak", - dedi ispaniyalik futbolchi.
Fikrlar