
Mariya Sharapovaning Xitoyda omadi kelib qoldi
Shenchjen shahrida WTA tomonidan o‘tayotgan musobaqada rossiyalik Mariya Sharapova chorak finalga chiqdi.
Mariya mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida xitoyli Sin Yu Vanga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvda hisob 6:7, 2:5 bo‘lib turgan bir vaziyatda Sin o‘yinni davom ettira olmasligini e’lon qildi.
Shu tariqa Sharapova "Shenzhen Open" turnirining chorak finalida belaruslik Arin Sobolenko, yoki rossiyalik Ekaterina Aleksandrova uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar