
"Manchester Yunayted" qishda Frantsiya chempionatidan braziliyalik himoyachini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Bordo" himoyachisi Pabloga jiddiy qiziqib qoldi.
Fox Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 27 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq xarid qilishmoqchi. Gap shundaki, mankuanliklar ustozi Joze Mourino davralar oralig‘ida jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va bu borada Pablo asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, MYuning bu boradagi birinchi raqamli nomzodi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali hisoblanadi. Biroq, uning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi va neapolliklar ham uni sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Pablo joriy mavsum “Bordo” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar