"MYu" muxlislari mart oyida eng yaxshi futbolchi deb kimni tanlashdi?

  • 1 aprel, 2017, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Antonio Valensiya jamoa muxlislari tomonidan mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “qizil iblislar”ning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

31 yoshli futbolchi uchun ishqibozlarning 71% ovoz bergan. 2- va 3-o‘rinlarni esa Markos Roxo (23%) va Eshli Yanglar (6%) egalladilar.

Ma’lumot uchun, bu sovrin Valensiya uchun joriy mavsumdagi uchinchisi bo‘ldi. Muxlislar ekvadorlik futbolchini noyabr va yanvar oylarida ham tengsiz deb topishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!