
MYu futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" xavbeki Fred APLning 22-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchida kichik jarohat mavjud. Shu bois u jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarida yakka tartibda shug‘illangan.
Ma’lumot uchun, Fred joriy mavsum MYu safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” – “Manchester Yunayted” bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Fikrlar