
Lukaku MYuning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi forvardi Romelu Lukaku jamoaning o‘tgan mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish lozimki, muxlislarning 71 foizi aynan belgiyalik iqtidor egasiga o‘z ovozini berishgan. Keyingi o‘rinlarni esa Nemanya Matichya (22%) hamda Eshli Yanglar (7%) egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku mart oyida jami 5ta bahsda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta gol urgan hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar