
Lorentso Sonego Argentinada yaxshi o‘ynamoqda
Buenos-Ayres shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Argentina Open" turnirining asosiy to‘r birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 673,135 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada italiyalik Lorentso Sonego ilk uchrashuvini chililik Nikolas Xarriga qarshi o‘tkazdi.
Dastlabki setni tay-brekda boy bergan Lorentso qolgan ikki setda 6:4, 6:3 hisobida Nikolasdan ustun keldi.
Fikrlar