
Lopetegi yangi mavsumda Asensioni Ronalduning pozitsiyasida o‘ynatmoqchi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa vingeri Marko Asensioni yangi mavsumda yangi pozitsiyada sinab ko‘rmoqchi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli mutaxassis 22 yoshli futbolchining bugun “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ko‘rsatgan to‘purarlik qobiliyatidan to‘liq qoniqish hosil qilgan. Eslatib o‘tish lozimki, Asensio turinliklar darvozasini ikki bor aniq nishonga ola bildi.
Ma’lumotlarga qaraganda Lopetegi yangi mavsumda tajribaga qo‘l urib, Asensioni markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘ynatib ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, uzoq yillardan buyon "Real"ning ushbu chizig‘ida yaqindagina "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu to‘p surar edi.
Fikrlar