
Lopetegi qaysi chempionatda ishlamoqchi?
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
“Murabbiy har qanday taklifni ko‘rib chiqishi kerak. Agar menda tanlash imkoni bo‘lsa, men eng zo‘r ligani tanlardim.
Angliyada ajoyib liga bor. Premer-ligani tomosha qilayotgan paytingiz o‘zgacha muhitni his qilasiz, eng muhimi murabbiy va futbolchilarga bo‘lgan hurmatni sezasiz. Men buni his qilishni xohlardim.
Lekin Primero ham ajoyib liga. Ko‘rmiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar