
Lopetegi “Real” murabbiylar shtabiga yana bir mutaxassisni jalb qildi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya yoshlar terma jamoasi sobiq ustozi Albert Seladesni o‘ziga yordamchi qilib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etish lozimki, Seledes uchun "Santyago Bernabeu" u qadar begona emas. Boisi, u 2000-2002 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar