
Legionerlarimiz. Geynrix va Salomov jamoalari g‘alaba qozonishdi
Bugun Qozog‘iston Premer ligasida 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” jamoasi safarda “Irtish”ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bahsda Geyrix jamoasi minimal hisobda g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hamyurtimiz zahirada qoldirildi.
Shavkat Salomov to‘p tepadigan “Atirau” esa o‘z maydonida “Qaysar” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Salomov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 68-daqiqada o‘z o‘rnini sherigiga bo‘shatib berdi.
Qozog‘iston Premer ligasi. 10-tur
Atirau – Qaysar 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 49 Maksimovich
Atirau – Abduraxmonov, Chichulin(65 Korobov), Yokich, Dvalishvili(72 Li), Xayrullin, Obshivas, Pasechenko, Salomov(66 Kayraliev), Suley, Lobjanidze, Maksimovich.
Qaysar – Bayjanov, Chureev, Evstignev, Graf, Grigorenko, Kamara(75 Kukeev), Korobkin(52 Narziladaev), Nikolich, Saxalbaev(52 Koure), Arjanov, Lamanje.
Irtish – Ordabasi 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 1:0 – 74 Fontanello.
Fikrlar