
Legionerlarimiz. Galiulin jiddiy jarohatga yo‘liqdi, u 2018 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi
Rossiya birinchiligining “Tambov” klubi safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Vagiz Galiulin kecha musobaqaning 3-turida “Nijniy Novgorod”ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi.
Jamoa shifokori Igor Davidovning so‘zlariga ko‘ra hamyurtimizning chap oyog‘idagi jarohati o‘ta jiddiy.
“Ayni paytda biz Finlyandiya klinikasi bilan bog‘landik va Vagizni ayna ana shu erda operatsiya qildirmoqchimiz. Bu borada og‘zaki kelishuvga erishdik. Ayni damda rasmiy taklif yuborishlarini kutyapmiz.
Uning qachon maydonga qaytishi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning oyoqqa turishi uchun kamida 4 oy talab etiladi. 5 oylardan so‘ng u umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi mumkin. Shundan kelib chiqib aytganda u joriy yilda boshqa maydonga tusha olmaydi”, - deydi Davidov.
Fikrlar