
Legionerlarimiz. Galiulin hozir qaerda? (FOTO)
Xabaringiz bor o‘tgan mavsum sensatsion tarzda Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan “Tosno” o‘sha mavsumning o‘zida yo‘q bo‘lib ketdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu jamoada ajoyib mavsumni o‘tkazgan hamyurtimiz Vagiz Galiulinning kelajak faoliyatini qaerda davom ettirishi edi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli futbolchimiz Rossiya birinchi ligasida (FNL) ishtirok etuvchi “Tambov” klubi bilan shartnoma imzolagan.
Ayni damda “Tambov” birinchilikning o‘tgan 2ta turida g‘alaba qozonib, 6 ochko to‘plagan holda etakchilar safida bormoqda.
Shu o‘rinda hamyurtimizga yangi klubidagi faoliyatida ham omad tilab qolamiz.
Fikrlar