
Legionerlarimiz. Bugun Axmedov, Musaev, Geynrix va boshqa legionerlarimizning jamoalari o‘ynaydi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasida 6-tur o‘yinlari davom ettiriladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov to‘p tepadigan “Shanxay SIPG” jamoasi safarda “Vestern Sidney Uonderers” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Qozog‘istonda esa mamlakat kubogi o‘yinlari o‘tkaziladi. Chorak finalda terma jamoamiz hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” jamoasi safarda “Jetisu” bilan hisob-kitob qiladi. Salomovning “Atirau”si esa o‘z maydonida “Aktobe” bilan bahs olib boradi.
Yaponiyada odatdagidek, hafta o‘rtasida J liga kubogi o‘yinlari o‘tkaziladi. Hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p tepadigan “Jubilo Ivata” klubi “Shimutsu” mehmoni bo‘ladi.
Rossiya Birinchi divizionida esa 36-tur o‘yinlariga start beriladi. Vagiz Galiulin faoliya olib boradigan “Tosno” safarda “Tambov”ga qarshi o‘ynasa, Bobur Davlatovning “Nefteximik”i “Tyumen”ga qarshi maydonga tushadi.
15.00 “Vestern Sidney Uonderers” – “Shanxay SIPG”(Odil Axmedov)
15.00 “Shimutsu” – “Jubilo Ivata”(Fozil Musaev)
16.00 “Jetisu” – “Ordabasi”(Aleksandr Geynrix)
17.30 “Atirau” – “Aktobe”(Shavkat Salomov)
18.00 “Tambov” – “Tosno”(Vagiz Galiulin)
18.00 “Tyumen” – “Nefteximik”(Bobur Davlatov)
22.15 “Saxam” – “Jalam”(Maksimilian Fomin)
Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz axborot-portalida kuzatib boring.
Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Fikrlar