
La Liganing noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?
Vigoning “Selta” klubi hujumchisi Yago Aspas Ispaniya La ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda As xabar bermoqda.
30 yoshli hujumchi bu borada Adnan Yanuzay “(Real Sosedat”) hamda Rodrigo (“Valensiya”)larni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Aspas o‘tgan oy La liga doirasidagi 3 ta bahsda 3 ta gol kiritdi. Shu o‘yinlarning ikkisida esa “Selta” g‘alaba qozondi.
Umumiy hisobda esa Aspas bu mavsum 15 o‘yinda 9 ta gol kiritdi va bu borada faqatgina Lionel Messidan ortda bormoqda.
Fikrlar