
Koutino “Chelsi”da o‘ynab keta oladimi?
Premer Ligada bu mavsumdan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlagan Mauritsio Sarri debyutini mag‘lubiyatsiz seriya bilan boshlab klub muxlislarining e’tiborini qozona boshlagan edi.
Premer Liganing dastlabki 13 turida olti g‘alabaga erishgan londonliklar chempionatda kamida to‘rtinchi o‘rinni olishi va shu tariqa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini tahmin qilishgandi. Italiyalik bosh murabbiyning o‘yin uslubini matbuot tez-tez “Sarriboll” yoki “Sarrismo” deb atay boshladi.
Yarim himoyachi Jorjino esa Sarri rejalarining muhim figurasiga aylandi. Shunga qaramay “Napoli”ning sobiq murabbiyi Eden Azarning mavsum oxirida klubni tark etishi ortidan bundanda kattaroq muammolarga duch kelishi mumkin. 28 yoshli futbolchini so‘nggi vaqtlarda Madridning “Real”i bilan bog‘lashmoqda. Madridliklar hanuz Krishtianu Ronalduga munosib o‘rinbosar topa olganicha yo‘q.
Belgiyalik futbolchi 12 gol, 10 golli uzatma va xavfli vaziyatlar yaratishi (65) bilan jamoadoshlaridan ancha ilgarilab ketgan.
Sarri Azarning xizmatlaridan voz kechish niyatida emas, ammo u shogirdini “Santyago Bernabeu”ga ko‘chib o‘tishiga qarshilik qilmasligini e’tirof etdi.
“Eden 28 yoshda. Agarda u ketishni istasa, men buni istamasamda, u Evopaning istiqboldagi birinchi raqamli futbolchisiga aylanadi” – deya intervyu berdi.
Uning o‘rnini esa ayni vaqtda bitta ehtimoliy transfer to‘ldirishi mumkin. Bu so‘nggi vaqtlarda “Barselona”da o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan Filippe Koutino.
Braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” bilan ajoyib startni boshlay olgandi. 2018-yil yanvarida 140 million funtga Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi 32 o‘yinda atigi 8 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirdi.
Sarriboll tizimida Koutino Azarning o‘rnini to‘ldira oladimi? Quyida shu jihatni muhokama qilamiz.
Pocket rocket
Premer Ligada ayni vaqtdagi eng ajoyib sahna bu Azarning chap qanotdan to‘pni qabul qilib markazga hujumga uyushtirishi bo‘lmoqda.
Raqib himoyachilari sarosimaga tushib qolmoqda. Azar esa bundan foydalanib ularni osonlikcha aldab o‘tmoqda. Uning yurishi sodda bo‘lishiga qaramay ancha jozibali chiqmoqda. “Chelsi”ning baxtiga bunday o‘yinni Koutino ham qila oladi.
“Liverpul”dagi faoliyati davomida Koutino ham Azar singari chap qanotdan raqib himoyachilariga kuchli tahdid solardi.
“Qizillar” safidagi so‘nggi mavsumida u jarima maydonchasidan tashqarida 4 gol urib jamoadoshlaridan o‘zib ketgandi.
Azar kabi tezligi yuqori bo‘lmasada Koutino ushbu stsenariy bo‘yicha o‘yin ko‘rsata oladi.
Yaratuvchilik
Yuqorida tilga olganimizdek, Azar “Chelsi”ning birinchi raqamli yaratuvchisi hisoblanadi. Bu mavsumda u Premer Liga doirasida raqib jarima maydonchasida 144 marta to‘p bilan muomala qilgan. Bu klubning eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Azar “Chelsi”ning 45 golidan 22 tasiga o‘z hissasini qo‘shgan. Koutino ham ushbu vazifaga bemalol mos tusha oladi.
Koutino o‘tgan mavsumda “Liverpul” uchun har 90 daqiqada 3.23 marta xavfli vaziyatlar yaratgan. U klubga 2013-yilda kelganida “o‘nlik” vazifasida harakat qilardi.
“Inter”ning sobiq vakili kesuvchi uzatmalarni oshirish bo‘yicha ancha mahoratli hisoblanadi. “Barselona”ga ko‘chib o‘tganidan keyin u La Liga va EChL doirasida 8 golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning bu qobiliyati tufayli Klopp, Valverde va Tite unga erkin ijrochi rolini ishonib topshirgan. Shu sababli chap qanot va markazga ko‘chishda ancha erkin harakatlanib kelgan.
Fikrlar