Kecha "Real"da Lopetegining jamoadagi taqdiriga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 25 oktabr, 2018, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Madridning "Real" klubida bosh murabbiy Xulen Lopetegining jamoadagi kelajagini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu yig‘ilishda “qirollik klubi”ning bosh menejeri Xose Anxel Sanches hamda jamoa sardori Serxio Ramoslar o‘z fikrlarini bildirishdi. Biroq, hozircha ushbu yig‘ilishning tafsilotlari matbuotga oshkor etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi boshqaruvidagi “Real” qatorasiga 5ta o‘yinda g‘alaba qozona olmay, nihoyat EChLning 3-turida Chexiyaning “Viktoriya” klubini arang 2:1 hisobida taslim etdi. Endi madridliklarni yakshanba kuni “Kamp Nou”da “Barselona”ga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!