
Karvaxalning jarohati borasida ilk xabarlar ma’lum qilindi
Kecha TsSKAga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Real" Madrid klubi himoyachisi Dani Karvaxalning jarohati bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilindi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchining chap oyoq son mushaklaridan shikastlangan. Uning qachon safga qaytishi esa ertaga o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Karvaxal joriy mavsum “Real” safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar