Jahon chempioni bo‘lgan futbolchilarimiz Turkiyaga yo‘l olishdi

  • 19 fevral, 2019, 10:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning may oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi finalda Pokistonga qarshi bahs olib borib, penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘alaba qozongan va jahon chempionligiga erishgandi.

Tecno

Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa a’zolari bu yil iyul oyida Polshada bo‘lib o‘tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa a’zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jumladan, bugun Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi yig‘in o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l olishdi. Futbolchilar Antaliyada 28 fevralga qadar mashg‘ulot olib borishadi va bo‘lajak musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!