
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi: Ronaldu A Seriyada 40 ta gol urishiga ishonmayman
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Perluiji Kaziragi mavsumlar oralig‘ida “Yuventus”ga o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Italiya futboli va himoyadagi o‘yinlari Ispaniyadagidan farq qiladi. Ronaldu bu erda La Ligadagi singari 40ta gol ura olishiga ishonmayman”, - deydi Kaziragi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi A Seriyaning ilk turida “Kevo”ga qarshi bahsda ishtirok etib, gol ura olmagan edi. “Yuventus” esa bugun o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qiladi.
Fikrlar