Frantsiya va Belgiya terma jamoalari durang o‘ynadi

  • 25 noyabr, 2017, 01:23
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Frantsiyaning Lill shahrida «Devis kubogi»ning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Frantsiya va Belgiya terma jamoalari bahslashmoqda.

Tecno

Final uchrashuvining dastlabki o‘yinida belgiyalik David Goffen mezbonlar tennischisi Lyuka Puyni 7:5, 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi o‘yin Jo-Vilfrid Songa va Stiv Darsi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda frantsiyalik Songa 6:3, 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa ilk uchrashuvdan so‘ng Frantsiya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi hisob 1:1 bo‘lib turibdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida har ikkala terma jamoa a’zolari juftlik bahslarida kuch sinashadi. Unda Rishar Gaske va Per-Yuge Erber (Frantsiya) - Ruben Bemelmans hamda Yoris De Loore (Belgiya)ni sinovdan o‘tkazadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!