
"Fiorentina" etakchisi uchun kurashga PSJ ham qo‘shildi
"Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Federiko Keza yana bir top-klubning e’tiboriga tushdi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli italiyalik futbolchini PSJ ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda parijliklar sport direktori Antero Enrike uni ko‘pdan buyon kuzatib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kezaga shuningdek "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Napoli", "Chelsi" va "Yuventus" kabi klublardan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida “binafsharanglilar” uni 60 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar