
Falkao ertaga "Atletiko"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi
“Monako” klubi forvardi Radamel Falkao ertaga UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 32 yoshli kolumbiyalik futbolchi madridliklarga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, Falkao jarohati sabab chempionatning o‘tgan turida “Tuluza”ga (1:1) qarshi bahsida ishtirok etmagan edi.
Fikrlar