Ertaga O‘zbekiston OTJning yangi bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 24 yanvar, 2019, 10:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini endilikda serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich boshqarib boradi. U terma jamoaning tayyorgarligi bo‘yicha o‘z rejasini taqdim qiladi va ana shu reja asosida Tokio-2020 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘riladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ertaga 25 yanvar kuni soat 15:00da Milliy olimpiya qo‘mitasida Lyubinko Drulovich bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Jurnalistlar Olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
24/01/2019 22:05
Сербларга ишонмайман. Узимизникиларга хам ишонмайман. Лекин сербларга купрок ишонмайман
&
darwesh
24/01/2019 22:04
Хайдаровни колдириш керак эди.