
Ernesto Valverde: La Ligada “Barselona”ni xavotirga soladigan hech narsa yo‘q
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverdening so‘zlariga ko‘ra uning jamoasi Ispaniya chempionatida raqobatdan cho‘chimaydi.
“Barselona”ni xavotirga soladigan hech narsa yo‘q. Biz La Ligada avvallari qaysi jamoalar bilan raqobat qilgan bo‘lsak, hozir ham xuddi shular bilan kurashyapmiz. Bu «Atletiko», «Real», «Valensiya» va «Sevilya».
Birinchi o‘rinda ketayotganimizdan xavfsirashimiz kerakmi? Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularning eng yaqin ta’qibchisi esa “Real” Madrid (45) hisoblanadi.
Kataloniyaliklar bugun o‘z maydonida "Valyadolid"ga qarshi bahs yuritishadi.
Fikrlar