
Ernesto Valverde: Ronaldu va Messisiz ham Klassiko mavjud edi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde ertaga bo‘lib o‘tadigan El-Klassiko haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Bunday o‘yinlarga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish darkor, asosan psixologik tomondan. Biz ikkita ketma-ket o‘yinda mezbonlik qilamiz buni ham unutmasligimiz darkor.
Albatta, biz madridliklar qay tarzda o‘ynashlarini tassavur qila olamiz. Umid qilamanki, ertaga raqibimiz eng zo‘r formada maydonga tushadi.
Shuni aytishim darkorki, kimlar asosiy tarkibda maydonga tushishi borasida bir qarorga keldim, lekin buni e’lon qilolmayman. Rafinya "Inter"ga qarshi kuchli o‘yin namoish qildi, biroq "Real"ga qarshi o‘yin boshqa darajada.
Biz faqatgina 4 ochkoga "qirollik klubini" ortda qoldiryapmiz, bu esa katta farq emas. "Real" kabi jamoalar inqirozga uchragan bo‘lsalarda, futbolchilar o‘z kuchlarini maydonda ko‘rsatishadi.
Biz o‘z o‘yin uslubimizni topib olishimiz kerak. Messi bilan yoki Messisiz. O‘tgan mavsum biz buni uddasidan chiqqandik va chempionlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandik.
Tan olish lozim, "Real" joriy mavsum afsonaviy Ronaldusiz ham xujumda ajoyib harakatlarni amalga oshirmoqda. "Levante"ga qarshi uchrashuvda ham kamida 10 xavfli xujumni amalga oshirdi madridliklar.
Shuni ta’kidlashim darkorki, Ronaldu va Messisiz ham bundan oldin Klassiko juda katta e’tiborga sazovaor bo‘lgan, - deya Valverdining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
Fikrlar