
Edinson Kavani PSJda qolmoqchi
Frantsiyaning “PSJ” jamoasi hujumchisi Edinson Kavani Parijda baxtiyor ekanini aytib, shu erda qolish istagi bor ekanini ma’lum qildi.
“PSJdagi faoliyatimdan mamnunman. Menga bu erda to‘p surish yoqadi, Parij shahrini esa sevib qoldim. Parijliklar prezidenti bilan uchrashib oldim. Umid qilamanki, shartnomani uzaytirishning imkoni bo‘ladi”, – dedi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi Frantsiya chempionatining 18 ta uchrashuvida maydonga tushib ,18 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Edinson Kavanining amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o‘z yakuniga etadi.
Fikrlar