EChL va ELda yarim final dastlabki o‘yinini kimlar o‘tkazib yuboradi?

CHERY AUTO

2-3 may kunlari EChL, 4 may kuni esa Evropa ligasining dastlabki yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ertaga Madridda “Real” “Atletiko”ga qarshi bahs olib borsa, 3 may oqshomida “Monako” o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qiladi.

Tecno

4 may sanasida esa “Selta” – “MYu” va Ayaks” – Lion” o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Yarim finalning dastlabki o‘yinini diskvalifikatsiya sabab Sami Xedira(“Yuventus”), Nik Virgever(“Ayaks”) va Yoel Veltman(“Ayaks”)lar o‘tkazib yuborishlari lozim edi.

Biroq, 2014/15 yilgi mavsumdan e’tiboran yarim finalda to‘p suradigan futbolchilar “tozalananishadi”. Ya`ni ularning kartochkalari bekor qilinadi. Shunday ekan, yarim finalning barcha jamoasida dastlabki o‘yinda kartochkalar bilan bog‘liq hech qanday yo‘qotishlar mavjud emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!