EChL. "Arsenal" va PSJ jangovar durang qayd etdi

  • 24 noyabr, 2016, 08:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi "A" guruhi 5-tur markaziy o‘yinida "Arsenal" va PSJ o‘zaro kuch sinashdi. 

Tecno

Qizg‘in kurash va gollarga boy kechgan o‘yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. 

Uchrashuvning 18-daqiqasida Edinson Kavani hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqada Olive Jiru penaltidan hisobni tenglashtirdi. 

60-daqiqada Marko Veratti o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ammo 77-daqiqada Lukas Moura parijliklarni mag‘lubiyatdan saqlagan gol muallifiga aylandi. 

Arsenal – PSJ 2:2

Gollar: Jiru, 45+1 (penalti), Verratti, 60 (avtogol) – Kavani, 18, Moura, 77

Arsenal: Ospina – Jenkinson (Oksleyd-Chemberlen, 81), Mustafi, Koselni, Gibbz – Remsi, Kokelen (Uolkott, 80) – Sanches, Ezil, Ivobi (Jaka, 77) – Jiru

PSJ: Areola – Mene, Markinos, Tiago Silva, Maksvell – Verratti, Krixovyak (Ben Arfa, 67), Motta – Moura (Xese, 89), Kavani, Matuidi

Ogohlantirishlar: Kokelen, Koselni – Markinos, Verratti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!