Dmitriy Shokin – Italiyadagi Gran-Prida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

CHERY AUTO

 

Tecno

Avval xabar berilganidek, Italiya poytaxti Rim shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada olti nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Musobaqaning birinchi kunida +87kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Dmitriy Shokin bronza medali sohibiga aylandi.

Afsuski, Jasur Boyqo‘ziev, Nigora Tursunqulova va Umida Abdullaeva sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olmadilar.

Ertaga, musobaqaning so‘nggi kunida aka-uka Maksim va Nikita Rafalovichlar o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!