Dastlabki 15 ta turning 14 tasida g‘alaba qozongan "Yuventus" bu borada PSJning rekordini takrorladi

  • 8 dekabr, 2018, 08:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Italiya A Seriyasining 15-turida “Yuventus” o‘z maydonida “Inter”ni qabul qildi va Manjukichning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

E’tiborlisi, turinliklar shu tariqa chempionatning o‘tgan 15ta turidan 14tasida zafar quchishdi. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Yuve” bu borada Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida PSJ tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, Massimilliano Allegri shogirdlari hozirda A Seriyada ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli”ni naqd 11 ochkoga ortda qoldirgan holda yakka peshqadamlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!