
Chempion Sherzod Xusanovning navbatdagi raqibi jiddiy
Polshaning Yastshembe-Zdruy shahrida 21 sentyabr kuni professional boks bo‘yicha nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada engilmas bokschimiz Sherzod Xusanov (21-0-1) va polshalik Damian Yonak (40-0-1) o‘zaro raqobatlashadi.
Ma’lumot uchun 38 yoshli bokschimiz Sherzod shu kunga qadar 21 jang o‘tkazib ularning 20 tasida g‘alaba qozongan va bir marotaba durang qayd etgan bo‘lsa, Damian hozirda 35 yoshda. U 40 jangdan bittasida durangga erishgan va qolgan janglarda qo‘li baland kelgan.
Nokautlar bo‘yicha ham Damian ustun. Uning hisobida 21ta nokaut mavjud. Sherzodning hisobida 9ta nokaut bor.
Fikrlar