
Braziliya terma jamoasi noyabrda Urugvay hamda Kamerunga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Braziliya terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida qaysi terma jamoalar bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra “pentakampionlar” dastlab 16 noyabr kuni Urugvayga qarshi, so‘ngra oradan 4 kun o‘tib 20 noyabr kuni Kamerun terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Qayd etish lozimki, har ikkala uchrashuv ham Angliyada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Saudiya Arabistoni hamda Argentina terma jamoalari bilan kuch sinashgan edi.
Fikrlar