
Boateng ham Xitoy klubiga o‘tadi
Ispaniyaning "Levante" klubi forvardi Emmanuel Boateng Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga ko‘chib o‘tadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 22 yoshli ganalik futbolchining transferi 11 mln evroni tashkil etadi.
Ta’kidlash kerakki, Boateng o‘tgan mavsum La Liganing 37-turida “Barselona”ga qarshi bahsda “Levante” safida xet-trik qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Boateng joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Dalyan Ifan” klubi bundan avvalroq “Napoli” etakchisi Marek Xamshikni qo‘shib olgan edi.
Fikrlar