
Boateng "Bavariya"da qoladigan bo‘ldi
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng jamoasini o‘zgartirmaslikka qaror qildi.
Süddeutsche Zeitung tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 29 yoshli futbolchi borasida qoniqarli taklif olmagani sabab uni jamoada olib qolishga qaror qilgan.
Ta’kidlash kerakki, “Bavariya” Boatengni 30 mln evroga sotishni rejalashtirayotgan edi. Biroq hech bir jamoa ularga bunday taklif bilan chiqmadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Boatengga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Yuventus" kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar