
"Barselona" urugvaylik himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi
Urugvayning “Boston River” klubi himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Kataloniyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Uning tovon puli esa 100 million evro etib belgilangan.
Ma’lumotlarga qaraganda Arauxoning transferi “Barselona”ga 1,7 million evroga tushgan. Biroq, ushbu summa keyinchalik bonuslar hisobiga 5,2 milliongacha etishi mumkin.
Fikrlar